27.01.2025 09:00
372
HAMAS Trampning falastinliklarni koʻchirish taklifini rad etdi
2025 yil 26 yanvarʻ kuni HAMAS harakati oʻzining rasmiy bayonotida Misr Arab Respublikasi va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining Falastin xalqining oʻz ona yurtidan koʻchirilishiga qarshi qatʻʻiy pozitsiyasi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Bayonotda qayd etilganidek, HAMAS harakati Falastin xalqining oʻz erlariga sodiqligini va har qanday koʻchirish hamda deportatsiyaga qarshi ekanligini yana bir bor tasdiqladi.
"Falastinliklarni oʻz ona yurtlaridan har qanday bahona bilan koʻchirish yoki yoʻq qilishga urinish barcha xalqaro va inson huquqlari normalariga ziddir. Biz bu kabi harakatlarni qatʻʻiy rad etamiz", deyiladi bayonotda.
HAMAS harakati Arab Davlatlari Ligasi va Islom Hamkorlik Tashkilotini Falastin xalqining milliy huquqlarini qoʻllab-quvvatlashga va ularni koʻchirishga qarshi qatʻʻiy pozitsiya bildirishga chaqirdi.
HAMASning ushbu bayonoti Gʻazo sektoridagi vaziyatning yomonlashgani sharoitida Falastin xalqining oʻz milliy huquqlarini himoya qilish borasidagi oʻzaro hamkorlik va qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishga qaratilgani qayd etilmoqda.