12.02.2025 18:43
523

Haj va Umra ziyoratchilari uchun meningitga qarshi emlash talabi bekor qilinmagan – Sanepidqoʻmita



Oldinroq Haj va Umra ziyoratlariga borishda meningitga qarshi vaktsina sertifikatini soʻrash talabi bekor qilingani haqida xabarlar tarqalgandi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bu xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini, Saudiya Arabistoni Umra va Haj ziyoratlariga boruvchilardan meningitga qarshi emlanganlik hujjati talab qilishni rasman bekor qilmaganini maъlum qildi.

“Mamlakatimizga yuqumli kasalliklarning chetdan kirib kelishini oldini olish va epidemiologik barqarorlikni saqlab qolish maqsadida ziyoratchilarni meningitga qarshi emlash tavsiya etiladi”, deyiladi qoʻmita xabarida.

"Azon global" mazkur xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida soha vakillari bilan bogʻlandi. Bildirilishicha, ayni paytda Umraga borayotgan ziyoratchilar uchun meningitga qarshi vaktsina sertifikati talab qilinmayapti. Haj ziyorati uchun ushbu xastalikka qarshi emlanish tartibi oʻz kuchida turibdi.