20.01.2025 09:30

Haftar Rossiyaga havo bazasini topshirdi

Haftar Rossiyaga havo bazasini topshirdi

Liviyaning taniqli harbiy rahbari Xalifa Haftar Afrikadagi Rossiya taʻʻsirini yanada kuchaytirishga yoʻl ochib beruvchi strategik qadam tashladi. Maʻʻlum boʻlishicha, Haftar Chad va Sudan chegarasi yaqinida joylashgan Maaten al-Sarra havo bazasini Rossiya kuchlari nazoratiga topshirgan.

Bu qaror Rossiyaning Sahel mintaqasidagi harbiy operatsiyalari uchun muhim logistika markazini tashkil etish maqsadida qabul qilindi. Maaten al-Sarra bazasi oʻtgan asrning 80-yillarida Liviya-Chad urushida faol qoʻllanilgan, ammo bugun u Rossiya kuchlari va Asad rejimi tarafdorlari tomonidan qayta tiklanmoqda.

Hozirda bazadagi modernizatsiya ishlari olib borilmoqda. Uchish-qoʻnish yoʻlaklari va omborxonalar qayta qurilmoqda, bu esa Mali, Burkina-Faso va Sudan kabi mamlakatlarga harbiy etkazib berish imkoniyatlarini yaxshilaydi. Afrikadagi taʻʻsir doirasini kengaytirish Rossiyaning Suriyadagi harbiy muvaffaqiyatsizliklaridan soʻnggi yangi strategiyasining bir qismi boʻlib qolmoqda.

Taʻʻkidlash joizki, hozirda Rossiya Liviyadagi quyidagi toʻrtta muhim havo bazasini boshqaradi:

Al-Xadim (sharqda);

Al-Jufra (markazda);

Brak ash-Shati (janubiy-gʻarbda);

Al-Qardabiya (Sirte hududida).