Haaretz gazetasi: Armiya eʻʻlon qilgan yaralangan askarlar soni va kasalxona maʻʻlumotlari oʻrtasida tafovut bor
Isroilning Haaretz gazetasi yaralangan askarlar soni boʻyicha Isroil armiyasi oshkor qilgan raqamlar bilan shifoxonalardan olingan maʻʻlumotlar oʻrtasida farq borligi haqida xabar berdi, deya yozmoqda Anadolu.
Isroilning
Gʻazoga uyushtirgan hujumlari chogʻidagi harbiy yoʻqotishlarni yashirganini iddao qilgan
nashr yaralangan isroillik askarlarning haqiqiy soni Isroil armiyasi oshkor etgan
raqamlardan qariyb uch barobar koʻproq ekanini yozdi.
Xabarda 7 oktyabrdan buyon birgina Barzilay kasalxonasida 1949
nafar yaralangan askarning davolangani bildirildi.
Yana
178 nafar askar
Ashdoddagi “Assuta”, 148 nafari Tel-Avivdagi “Ichilov”, 181 nafari Hayfadagi “Rambam”, 209 nafari Quddusdagi “Hadassa”, 139 nafari “Shaaare Tzedek”
kasalxonalarida
davolangani qayd etildi.
Bundan tashqari, Haaretz, toʻqnashuvlarda yaralangan kamida 1000
askarning Beer-Shevadagi “Soroka” tibbiyot markazida davolanayotgani va
kamida 650 askar Tel Hashomerdagi kasalxonalarga olib ketilgani haqida maʻʻlumot
olganini yozdi.
Taʻʻkidlash
joizki, Isroil armiyasi 26 oktyabrʻ kuni matbuotga yoʻllagan maktubi bilan Gʻazo
haqidagi xabarlarni tsenzura qilishni boshlagan. Isroil armiyasining Gʻazo va
Livan chegarasida oʻlgan askarlari bilan bogʻliq raqamlar ham shubha bilan kutib
olindi. Falastin qarshilik guruhlari ham, Livan Hizbullohi ham Isroilning
yoʻqotishlari eʻʻlon qilinganidan ancha yuqori ekanligini eʻʻlon qildi. Bu davrda
armiya hujumlar boshidan beri jarohatlangan askarlar soni haqida matbuot
tomonidan soʻralgan maʻʻlumotni oshkor qilishdan bosh tortdi.
Jumladan,
Isroilning 12-kanal televideniesi muxbiri Gʻazo sektorining shimolidagi Asqalan
shahridagi “Barzilay” kasalxonasidan jonli
efirda efirga uzatar ekan, tsenzura tufayli bu erga olib kelingan askarlarning
ahvoli haqida maʻʻlumot bera olmasligini aytdi.
Isroil armiyasi 10 dekabrʻ kuni mamlakat ommaviy axborot
vositalarida jarohatlangan askarlar soni haqidagi xabardan soʻng bayonot berishga
majbur boʻlib, 7
oktyabrdan beri 425 askar, ulardan
97 nafari Gʻazoda quruqlikdagi
hujumlarda halok boʻlgani va 1593 askar yaralanganini eʻʻlon qildi.