09.12.2024 12:44
404

Gruziyada Evropa Ittifoqi tarafdorlari namoyishi 11 kundan beri davom etmoqda



Gruziyada, Bosh vazir Irakliy Kobaxidzening Evropa Ittifoqi bilan muzokaralar boshlanishini 2028 yilning oxirigacha kun tartibiga qoʻymaslik qarori ortidan boshlangan namoyishlar davom etmoqda. Namoyishlarda 150 nafar politsiyachi yaralangan, 400 dan ortiq kishi qoʻlga olingan.

Batumida 11-kuni davom etgan namoyishlar bilan bir qatorda kechasi poytaxt Tbilisida parlament binosi oldida yana minglab odam yigʻilib, hukumat qaroriga yana munosabat bildirdi.
Namoyishchilar yangi yil bayrami doirasida munitsipalitet tomonidan oʻrnatilayotgan archa tanasiga namoyishda jarohatlangan jurnalistlar, sanʻʻatkorlar, siyosatchilar va namoyishchilarning fotosuratlarini osib qoʻydi.
Gruziya ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Aleksandre Daraxvelidze matbuot anjumanida Tbilisida davom etayotgan namoyishlarda qoʻlga olinganlar haqida bayonot berdi.
28 noyabrdan beri parlament binosi va politsiyaga qarshi zoʻravonlik harakatlari amalga oshirilayotgani haqida toʻxtalgan Daraxvelidze voqealarda 150 nafar politsiyachining yaralanganini bildirdi.
Shuningdek, davom etgan namoyishlarda baʻʻzi jurnalistlarning yaralangani, shahar infratuzilmasiga zarar etgani va 400 dan ortiq odamning qoʻlga olingani qayd etildi.
Tbilisidagi namoyish qatnashchilari soat 03:00 atrofida tarqalgan.
Hukumatning Evropa Ittifoqi bilan muzokaralarni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori
Evroparlament Gruziyada 26 oktyabrda boʻlib oʻtgan parlament saylovlarini yangilashga chaqirdi, muxolifat va Evropa Ittifoqi tarafdorlari koʻchalarga chiqib, namoyishlar uyushtira boshladi.
Shundan soʻng, Bosh vazir Kobaxidze 28 noyabrʻ kuni qilgan bayonotida baʻʻzi evropalik siyosatchilar Gruziyaning ichki ishlariga aralashayotgani sabab Evropa Ittifoqi bilan muzokaralarni boshlamaslik qarorini maʻʻlum qildi.
Kobaxidze mamlakatining 2030 yilda Evropa Ittifoqiga aʻʻzo boʻlishi uchun faoliyatini davom ettirishini bildirdi.
Gruziyaning qaroriga munosabat
AQSh Davlat departamenti Evropa Ittifoqi bilan muzokaralarni toʻxtatgan Gruziya bilan strategik aloqalar toʻxtatilganini eʻʻlon qildi.
Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha yangi Oliy vakili Kaja Kallas hukumatga qarshi namoyishchilarni qoʻllab-quvvatlashini maʻʻlum qildi.
Boltiqboʻyi davlatlari ham Gruziya hukumatining ayrim yuqori martabali vakillarining mamlakatga kirishini taqiqlashini maʻʻlum qildi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Gruziya bosh vaziri Kobaxidze va ayrim hukumat amaldorlariga nisbatan sanktsiyalar qoʻllash haqidagi farmonni imzoladi.
AQSh Davlat departamenti, shuningdek, hukumatga qarshi namoyishlar davom etayotgan Gruziyaga nisbatan qoʻshimcha sanktsiyalar qoʻllanilishi mumkinligini taʻʻkidladi.