Gruziya Evropa Ittifoqiga nomzod maqomini oldi
Gruziyaga EIga kirish uchun nomzod maqomi berildi, deya maʻʻlum qildi Evropa kengashi prezidenti Sharlʻ Mishelʻ.
Qarorni Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili izohlab, “Tabriklaymiz! Evropa Kengashi
Gruziyaga EI aʻʻzoligiga nomzod maqomini berishga qaror qildi!” - deb yozdi Facebook
sahifasida.
Sharlʻ
Mishelʻ, shuningdek,
Evropa Ittifoqi Ukraina va Moldova uchun rasmiy aʻʻzolik muzokaralarini boshlash
niyatini eʻʻlon qildi, Bosniya va Gertsegovina bilan "aʻʻzolik mezonlariga kerakli darajada
erishilishi bilanoq" muzokaralar
boshlanishini bildirdi.
"Ukraina uchun gʻalaba. Butun Evropa uchun gʻalaba. Gʻalaba
ragʻbatlantiradi, ilhomlantiradi va mustahkamlaydi”, — deb yozdi Ukraina
prezidenti Vladimir Zelenskiy X ijtimoiy tarmogʻida.
“Evropa Ittifoqiga kirish yoʻlini Ukraina va prezident
Vladimir Zelenskiy bilan boʻlishish men uchun katta sharafdir. Ukraina Rossiyaning
shafqatsiz bosqiniga dadil qarshilik koʻrsatmaganida edi, biz bugun bu erda boʻlmas edik. Keling, yanada
kuchliroq va birlashgan Evropani barpo etish uchun birgalikda ushbu yoʻlga chiqaylik”,
— dedi Moldova prezidenti Mayya Sandu Sharlʻ Mishelning bayonotiga munosabat bildirar ekan.
Ukraina va Moldova Evropa Ittifoqiga nomzod maqomini oʻtgan
yilning iyunʻ oyida olgan. Bu qaror Bryusseldagi sammitda Evropa Ittifoqining
barcha etakchilari tomonidan bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi. Shu bilan birga,
Evropa Ittifoqiga aʻʻzo davlatlar rahbarlari Gruziyaning Evropa istiqbolini
tasdiqlashgandi.