28.03.2025 11:14

Gʻazoda tibbiyot tizimi inqiroz yoqasida

Ayni paytda Gazoda boʻlib turgan germaniyalik neyroxirurg doktor Muhammad al-Xalabi u erdagi ayanchli vaziyat haqida soʻzlab berdi. Bu haqda Jazira News xabar qilmoqda.


Doktorning soʻzlariga koʻra, jabrlanganlarning aksariyati ayollar va bolalar boʻlib, isroil qurollari etkazayotgan jarohatlar nihoyatda ogʻir va halokatli tus olgan.


Gʻazodagi tibbiyot tizimi toʻliq inqiroz yoqasida. Shifoxonalar vayron boʻlgan, tibbiy asbob-uskunalar etishmaydi, dori-darmonlar deyarli tugagan. 


Doktor shuningdek, shifokorlar oʻz hayotlarini xavf ostiga qoʻygan holda cheklangan imkoniyatlar bilan minglab jabrlanganlarga yordam berishga urinayotganini maъlum qildi.


Nashrning xabar qilishicha, isroil harbiylari soʻnggi bir hafta ichida bosib olingan Gʻarbiy Sohilda 80 dan ortiq falastinlikni qoʻlga olgan.

Mavzuga aloqador