14.12.2023 10:41
Gʻazo sektorida yana bir Isroil ofitseri halok boʻldi
Ishgʻol ostidagi Gʻazo sektori janubida roʻy bergan toʻqnashuvlarda Isroil armiyasi zobiti halok boʻldi. Bu haqda 14 dekabrʻ, payshanba kuni Isroil armiyasi xabar berdi.
Ayni vaqtda Isroilning KAN davlat televideniesi 8104-batalʻondan 38 yoshli mayor Elisha
Levenshtern halok boʻlganini maʻʻlum
qildi.
Shunday
qilib, 27 oktyabrʻ kuni Gʻazo sektoriga quruqlikdan hujum boshlanganidan buyon halok boʻlgani rasman tan olingan Isroil
askarlari soni 116 nafarga etdi, 619 nafari yaralandi.
7 oktyabrdan buyon
esa Isroilning 445 askari halok boʻldi, 1704 nafari yaralandi.
Bir kun avval Isroil armiyasi Falastin anklavining shimolidagi
toʻqnashuvlarda oʻn nafar harbiy xizmatchi, jumladan besh zobit halok boʻlgani haqida
xabar bergan edi.