16.01.2025 11:17
437
Gʻazo boʻyicha kelishuvga erilishilishiga men sababchiman – Bayden
AQSh prezidenti Jo Bayden lavozimidan ketishi oldidan Oq uydagi soʻnggi nutqini soʻzladi. U davlat rahbari sifatidagi faoliyatini sarhisob qilar ekan, Gʻazo sektori boʻyicha kelishuvga erishilganiga uning jamoasi sabab boʻlganini aytdi.
AQShning yangi saylangan prezidenti Donalʻd Trampning inauguratsiyasidan toʻrt kun oldin xayrlashuv nutqini irod qilgan Bayden Isroil va HAMAS oʻrtasidagi oʻt ochishni toʻxtatish qarori oʻtgan yilning may oyida shaxsan oʻzi va jamoasi ilgari surgan rejaga muvofiqligini aytdi.
Prezident bu haqda yaqinda oʻz faoliyatini boshlaydigan yangi AQSh maʻʻmuriyatini xabardor qilganini taʻʻkidladi.
“Ushbu reja men va mening jamoam tomonidan ishlab chiqilgan. Yangi maʻʻmuriyat bu ishni amalga oshiryapti xolos”, degan Jo.
AQShning isteʻʻfoga chiqqan prezidenti uning Oq uydagi butun jamoasi juda murakkab vazifalarni muvaffaqiyatli bajarganini aytib oʻtgan.Tashqi siyosat haqida gapirar ekan, siyosatchi Xitoy bilan global raqobat va AQShning Rossiya Federatsiyasi bilan ziddiyatda Ukrainaga koʻrsatayotgan yordamiga eʻʻtibor qaratdi.
“Biz NATOni mustahkamladik. Ukraina hali ham erkin. Xitoy bilan raqobatda oldinga oʻtdik. Shunga oʻxshash yana koʻplab natijalarga erishdik. Men Amerika xalqi uchun birgalikda erishgan yutuqlarimizdan faxrlanaman va yangi maʻʻmuriyatga muvaffaqiyatlar tilayman”, degan u.