16.12.2024 11:15
474
Falastinliklarni otishni avtomatlashtirmoqda
Isroil armiyasi bosib olingan Gʻarbiy Sohilda nazorat-oʻtkazish punktlariga masofadan boshqariladigan avtomatlashtirilgan qurollarni oʻrnatishni boshladi. Rafael Advanced Defense Systems tomonidan ishlab chiqilgan Rohe-Yore (See-Shoot) tizimi ilgʻor kuzatuv uskunalari va masofadan oʻt ochishni boshqarish mexanizmi bilan jihozlangan.
Ilgari faqat Gʻazo sektorida qoʻllanilgan bu tizim endi Gʻarbiy Sohilda strategik nuqtalarga oʻrnatilmoqda. Bu qaror xalqaro huquqqa zid boʻlgan aholi punktlarini himoya qilish maqsadida qabul qilingan.
Soʻnggi oylarda Gʻarbiy Sohilda zoʻravonlik holatlari keskin oshdi. Falastinlik shifokorlar maʻʻlumotlariga koʻra, Isroil harbiylari tomonidan 800 dan ortiq falastinlik halok boʻlgan va 6500 dan ziyod kishi yaralangan. Xalqaro huquqga koʻra, bosib olingan hududlardagi aholi punktlari qurilishi noqonuniy hisoblanadi.