08.05.2025 10:13
32
Evropaning olti davlati Isroil rejalarini qoraladi
Islandiya, Irlandiya, Lyuksemburg, Norvegiya, Sloveniya va Ispaniya tashqi ishlar vazirlari Isroilning Gʻazo sektorida harbiy amaliyotlarni kengaytirish va u erda doimiy ravishda qolish niyatini keskin qoralab, ushbu rejalardan jiddiy tashvish bildirishdi. Bu haqda ularning chorshanba kuni eъlon qilingan qoʻshma bayonotida aytilgan.
"Biz, Islandiya, Irlandiya, Lyuksemburg, Norvegiya, Sloveniya va Ispaniya tashqi ishlar vazirlari, Isroilning Gʻazoda harbiy harakatlarni kengaytirishi va u erda doimiy ravishda qolishi haqidagi xabarlardan jiddiy tashvishdamiz. Bu yana bir chegarani bosib oʻtish, xavfli yangi keskinlik va ikki davlat tamoyiliga asoslangan echimning barcha imkoniyatlarini xavf ostiga qoʻyadi", — deyiladi bayonotda.
Olti vazir Gʻazodagi har qanday yangi harbiy eskalatsiya falastinlik tinch aholi uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi va garovga olinganlar hayotini xavf ostiga qoʻyadi, deya taъkidladi.
"Biz Gʻazoda har qanday demografik yoki hududiy oʻzgarishlarni qatъiy rad etamiz, ayniqsa, aholini majburiy koʻchirishga olib keluvchi harakatlar xalqaro huquqni buzish hisoblanadi", — deyiladi bayonotda. Gʻazo — Falastin davlatining ajralmas qismi ekani alohida taъkidlandi.
Diplomatlar ikki oydan ortiq vaqt davomida Isroil tomonidan gumanitar yordam va tijorat yuklarining toʻsilishi, blokadasini keskin qoraladi va bu choralarni darhol bekor qilishga chaqirdi.
"Biz Isroilni bu blokadani darhol bekor qilishga chaqiramiz", — deyiladi bayonotda.
Oxirida vazirlar barcha tomonlarni sabr-toqat va olovni toʻxtatishga chaqirib, ikki davlat asosidagi echimga sodiqliklarini qayd etdilar.
Jahon banki maъlumotiga koʻra, Gʻazoda taxminan 2,4 million kishi toʻliq gumanitar yordamga muhtoj. 2024 yil 2 martdan beri Isroil Gʻazoga ozuqa, dori-darmon va boshqa yordamlarning kirishini butunlay toʻxtatgan. 2023 yil oktyabridan buyon Isroilning Gʻazoga hujumi oqibatida 52 600 dan ortiq falastinlik halok boʻlgan, ularning aksariyati ayollar va bolalardan iborat.