09.12.2024 15:10
905

Evropa muzlamoqda: 2024 yil iqlim rekordini yangilaydi



2024 yilning oxiriga kelib, iqlim oʻzgarishlari insoniyat uchun yanada jiddiy tahdidlarni olib kelmoqda. Evropa Ittifoqining Kopernik iqlim markazi (S3S) noyabrʻ oyi tarixdagi eng issiqlaridan biri boʻlganini qayd etdi. Bu esa, 2024 yilni global miqyosdagi eng issiq yil deb topilishini yanada mustahkamlaydi.

S3S rahbari oʻrinbosari Samanta Burgessning taʻʻkidlashicha, iqlim oʻzgarishiga qarshi keskin choralar koʻrilmasa, Parij kelishuvi maqsadlariga erishish qiyin boʻladi. Ushbu kelishuv insoniyatni iqlim oʻzgarishi natijasida yuzaga keladigan halokatli oqibatlardan himoya qilishni maqsad qiladi.

Qish sovuq, energiya tanqisligi yuqori

Evropada qish mavsumi allaqachon keskin sovuq va namgarchilik bilan boshlandi. Ispaniyada suv toshqinlari, Gretsiya va Sharqiy Evropada haddan tashqari yogʻingarchilik kuzatildi. Shu bilan birga, Germaniya va Shotlandiyaga yangi qor toʻlqini kirishi kutilmoqda.

Energiya inqirozi esa hali ham Evropani qiynab kelmoqda. Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyin gaz etkazib berishning qisqarishi Evropa Ittifoqi mamlakatlarida isitish narxlarining yuqori darajada qolishiga sabab boʻlmoqda. Gaz omborlari toʻyinganligi darajasi yildan-yilga pasayib bormoqda: bu yil dekabrʻ boshida omborlar faqat 86% toʻlgan.

Global oqibatlar

Iqlim oʻzgarishi nafaqat Evropada, balki dunyo miqyosida halokatli oqibatlar olib kelmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti maʻʻlumotlariga koʻra, har yili iqlim muammolari sababli yarim million odam hayotdan koʻz yummoqda. Suv aylanishidagi oʻzgarishlar qurgʻoqchilik, boʻronlar, oʻrmon yongʻinlari va suv toshqinlari kabi muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Bu esa kelajakda global iqtisodiyotga katta zarar etkazishi mumkin. Xususan, Evropada isitish mavsumining yuqori xarajatlari aholining moliyaviy qiyinchiliklarini yanada kuchaytirishi kutilmoqda.

Sinoptiklar Evropaga yana bir sovuq havo toʻlqini, Germaniya va Shotlandiyada qor yogʻishini taxmin qilmoqda. Prognozlarga koʻra, yilning anʻʻanaviy eng sovuq oylari - yanvarʻ va fevralʻ oylari oʻrtacha darajadan biroz issiqroq boʻlishi kutilmoqda.