16.01.2025 09:17
438
Eron Islom Respublikasi prezidenti Masʻʻud Pezeshkiyan davlat tashrifi bilan Tojikistonga keldi
Eron prezidenti Masud Pezeshkyanning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida Dushanbe shahrida investitsiyalar va turizm boʻyicha Tojikiston-Eron konferentsiyasi oʻtkazilmoqda. Tashrif 15 yanvardan 17 yanvargacha moʻljallangan boʻlib, unda yuqori darajadagi uchrashuvlar, hamkorlik bitimlarining imzolanishi va biznes hamda ilmiy-adabiy tadbirlar rejalashtirilgan.
Eron delegatsiyasi tarkibida 120 dan ortiq tadbirkor, shu jumladan, madaniy meros vaziri Rizo Solihi Amiriy va Savdo va sanoat boshqarmasi rahbari Samad Hasanzoda bor. Tadbirlarda ikki davlatning turli sohalar boʻyicha yuqori lavozimli amaldorlari qatnashmoqda. Anjumanda qoʻshma hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir necha hujjatlarni imzolash kutilmoqda.
Pezeshkyan Dushanbedagi tashrifini Somoniy haykali poyiga gul qoʻyish marosimi bilan boshladi. Shuningdek, prezident Imomali Rahmon bilan oliy darajadagi muzokaralar olib borilishi va ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish boʻyicha yangi bitimlar qabul qilinishi rejalashtirilgan. Tashrif Eron va Tojikiston oʻrtasidagi iqtisodiy, madaniy va turizm aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.