06.02.2025 12:43
574

Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusiga birinchi dron tashuvchi avianosetsni topshirdi



Bugun Eronning Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi harbiy-dengiz kuchlari oʻz tarixidagi birinchi dron tashuvchi – "Shahid Bagʻiriy"ni rasman qabul qildi.

Marosimda Korpus Bosh qoʻmondoni Husayn Salami va Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshligʻi Muhammad Husayn Bagʻiriy ishtirok etdi.

"Shahid Bagʻiriy" bir nechta uchuvchisiz qiruvchi samolyot  eskadrilyalarini tashish va boshqarish qobiliyatiga ega. Yil davomida yonilgʻi quymasdan 22 000 dengiz mili (40 700 km) masofani bosib oʻtoladi. Fors koʻrfazi va uzoq xalqaro suvlarda harbiy qudratni oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. 

Yaqinda Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi birinchi er osti raketa bazasini ochiqlab, yangi raketalarni namoyish qilgandi.  Eron mahalliy ishlab chiqarilgan yangi dron modelini ham taqdim etdi.

Bu qadam Eronning harbiy-dengiz strategiyasida dron texnologiyalarini muhim vosita sifatida koʻrayotganini koʻrsatadi.