30.10.2024 09:59
811

Eron harbiy byudjetini 200 foizgi oshirishni rejalashtirmoqda

Eron va Isroil oʻrtasidagi vaziyat keskinlashishi ortidan Tehron harbiy byudjetini 200 foizga oshirishni rejalashtirmoqda. Maʻʻlumotlarga koʻra, 2024 yilda Eron Qurolli Kuchlari xarajatlari 13,879 mlrd dollarni yoki YaIMning 2,5 foizini (2022 yil) tashkil etgan.

Eron va Isroil oʻrtasidagi vaziyat keskinlashgani ortidan Tehron harbiy byudjetini tubdan oshirishni rejalashtirmoqda. Seshanba kuni Eron hukumati matbuot kotibi Fotime Mohajeraniy mamlakat rahbariyati harbiy byudjetini taxminan 200 foizga oshirishni rejalashtirayotganini maʻʻlum qildi.

"Mamlakatning mudofaa byudjeti sezilarli darajada – 200 foizga oshirildi", – dedi Moxajerani tafsilotlarga toʻxtalmasdan.

Eron va Isroil bir necha oydan beri raketa zarbalarini almashishmoqda. Jumladan, oʻtgan shanba kuni Isroil 1 oktyabrda raketa hujumi uchun javob tariqasida Eronga zarba berdi.

Tehron dushanba kuni Isroilning harbiy nishonlarga qaratilgan hujumlariga javoban "barcha imkoniyatlarni ishga solishini" aytdi.

Eron hozirda Yaqin Sharqdagi eng yirik qurolli kuchlardan biriga ega boʻlib, 350 mingga yaqin harbiy xizmatchisi, jumladan, 220 mingdan ziyod zaxiradagi askarlari mavjud.

“Vikipedia” maʻʻlumotlariga koʻra, 2024 yilda Eron Qurolli Kuchlari xarajatlari 13,879 mlrd dollarni yoki YaIMning 2,5 foizini (2022 yil) tashkil etgan.