10.05.2024 09:52

Erevan bosh vazir Nikol Pashinyan isteʻʻfosini talab qilmoqda



Namoyishchilar Ozarbayjon bilan chegarani belgilash ishlari olib borilayotganda hududiy yon berishda ayblagan Pashinyanning isteʻʻfosini talab qilib shiorlar aytishdi. Pashinyanning isteʻʻfoga chiqishi uchun bir soat vaqt berildi. Pashinyan maʻʻmuriyati esa javob bermadi.
gʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻ

Armaniston poytaxti Erevanda Arman Apostol cherkovi tomonidan Ozarbayjon-Armaniston chegarasini belgilash ishlarini toʻxtatish talabi bilan uyushtirilgan mitingda Bosh vazir Nikol Pashinyanning isteʻʻfosi talabi qilindi.  Bu haqda Armanpress axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mitingga Tavush viloyati diniy vakili arxiyepiskop Bagrat Galstanyan tomonidan tashkil etilgan “Vatan uchun Tavush” yurishi ishtirokchilari, shuningdek, viloyatlardan kelganlar yigʻilgan. 

Galstanyan oʻz nutqida bosh vazir Pashinyan isteʻʻfosini talab qildi va isteʻʻfoga chiqishi uchun bir soat vaqt berdi. Pashinyan maʻʻmuriyati arxiyepiskopga javob bermagan.

Namoyishchilar Ozarbayjon bilan chegarani belgilash ishlari olib borilayotganda hududiy yon berishda ayblagan Pashinyanning isteʻʻfosini talab qilib shiorlar aytishdi.

Arxiyepiskop Galstanyan tunni maydonda namoyishchilar bilan oʻtkazishini maʻʻlum qildi. U namoyishchilarni va barcha armanlarni Pashinyanga qarshi mitingga qoʻshilishga taklif qildi.

Shuningdek, Galstanyan Pashinyan xalq talablariga javob bermayotgani, endi uni oʻz lavozimini tark etishga majbur qilish kerakligini aytdi.

Pashinyanning isteʻʻfoga chiqishi uchun tashlanadigan keyingi qadamlar eʻʻlon qilindi:

▪️Birinchi, parlament Pashinyanga ishonchsizlik votumini bildirishini taʻʻminlash. Shu maqsadda parlamentdagi barcha fraktsiyalar bilan maslahatlashuvlar boshlanadi.
▪️Ikkinchi, agar bu muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, fuqarolarning tinch namoyishlari boshlanadi.
▪️Uchinchi, Maʻʻnaviy Armanistonning gʻalabasi eʻʻlon qilinadi.

4 may kuni Arman Apostol cherkovi tomonidan uyushtirilgan ayrim fuqarolar va siyosatchilar poytaxtga Tavushdan, 8 may kuni esa Gyumridan (Shirak viloyati) yurish boshladi.

Mavzuga aloqador