06.09.2025 07:32
149

Energetik ichimliklardan “Halol” yorligʻi olib tashlandi, Ingushetiyada


Ingushetiya monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi energetik ichimlik ishlab chiqaruvchilaridan mahsulot qoplamasidan “Halol” belgisini olib tashlashni talab qildi, deya xabar berdi Janubiy xabarlar xizmati (YuSN).

Idora buni qonunbuzarlik sifatida baholagan. Bu haqdagi rasmiy bayonotda:

Qator kompaniyalarga ushbu qonunbuzarlikka yoʻl qoʻymaslik haqida ogohlantirish yuborilgani;
Ularning mahsulotlari qoplamalari va reklama materiallarida “Halol” belgisi qoʻyilishi nohalol raqobat harakati sifatida baholangani;

energetik ichimliklar tarkibi va inson organizmiga salbiy taъsiri sababli “Halol” standartiga mos kelmasligi; chunki, halol mahsulot sogʻliq uchun zararsiz boʻlishi kerakligi;

“Halol” belgisi isteъmolchilarni mahsulotning yomon taъsiridan chalgʻitib, ishlab chiqaruvchiga asossiz ustunlik berishi aytilgan.

Bunday kompaniyalarga ikki hafta ichida qoidabuzarlikni bartaraf etish topshirigʻi berilgani aytilmoqda.

Mavzuga aloqador