29.05.2025 06:35
170
EI Suriyaga qarshi sanktsiyalarini rasman bekor qildi
Evropa Ittifoqi (EI) Suriyaga qarshi joriy etilgan iqtisodiy sanktsiyalar bekor qilinganini rasman bildirdi. Shuningdek, sanktsiyalar roʻyxatidan banklar, iqtisodiyot uchun muhim sohalarda faoliyat yurituvchi kompaniyalar va ommaviy axborot vositalarini oʻz ichiga olgan 24 tashkilot chiqarildi.
EI Kengashining yozma bayonotiga koʻra, mazkur qaror 20 may kuni EI tashqi ishlar vazirlari yigʻilishida siyosiy jihatdan qabul qilingan va yaqin kunlarda rasmiy gazetada eъlon qilinadi.
Bayonotda taъkidlanishicha, “moliya vositalari va iqtisodiy resurslari muzlatib qoʻyilganlar roʻyxati”dan chiqarilgan 24 tashkilot orasida Suriya Markaziy banki, neftь ishlab chiqarish va qayta ishlash, paxta, telekommunikatsiya hamda OAV sohalarida faoliyat yurituvchi korxonalar bor.
EIning Tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Kaya Kallas bayonotida shunday deyiladi:
“Bu qaror — Suriyaning tiklanishini va barcha suriyaliklarning orzusini ifoda etuvchi siyosiy oʻtish jarayonini EI haqiqiy qoʻllab-quvvatlayotganini namoyon qiluvchi toʻgʻri qadamdir. EI oxirgi 14 yil davomida Suriya xalqi bilan elkadosh boʻldi va buni davom ettiradi”.
Bayonotda aytilishicha, javobgarlikni taъminlash maqsadida Asad rejimi bilan bogʻliq shaxslar va tashkilotlar roʻyxatlari 2026 yil 1 iyungacha uzaytirilgan. Shuningdek, mart oyida Lazkiyada yuz bergan hodisalarga bogʻliq ravishda, EI ikki shaxs va uch tashkilotga nisbatan “EI global inson huquqlari sanktsiya rejimi” doirasida yangi cheklov choralari qoʻllaganini bildirgan.
EIning Suriyaga nisbatan sanktsiyalari 2011 yil may oyida, mamlakatda ichki urush boshlangach joriy etilgan. Ular doirasida Asad rejimiga aloqador shaxslar — vazirlardan tortib, boshqa yuqori amaldorlargacha safar taqiqlari va mol-mulk muzlatish choralari joriy etilgan.
Shuningdek, EI tomonidan neftь, energetika, bank, aloqa va transport sohalarini qamrab olgan sektorli sanktsiyalar qoʻllangan. Masalan, xom neftь va neft mahsulotlari importi, ikki maqsadli (fuqaroviy va harbiy) jihozlar eksporti, infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish taqiqlangan.
2024 yil 24 fevralda EI ushbu sanktsiyalarni “vaqtincha toʻxtatish” qarorini eъlon qilib, avvalgi engillashtirish chorasini amalga oshirgandi.
EI rasmiylarining taъkidlashicha, sanktsiyalarni bekor qilish boʻyicha qarorlar “qaytarilishi mumkin” boʻlib, mamlakatdagi vaziyat diqqat bilan kuzatilmoqda.