26.10.2024 15:32
883

EI Afgʻoniston tibbiyotini qoʻllab-quvvatlashga 31 mln evro ajratdi

Evropa Ittifoqi Afgʻonistonda sogʻliqni saqlash tizimini mustahkamlash uchun 31 mln evro ajratilishini eʻʻlon qildi.  

Mablagʻlar tibbiy xizmat sifatini oshirish va davolanish imkoniyatlarini kengaytirishga yoʻnaltiriladi.

Jami summaning 16 mln evrosi Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga (JSST), 15 mln evrosi esa BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasiga (YuNFPA) oʻtkaziladi.  Moliyalashtirish sogʻliqni saqlashning muhim muammolarini, jumladan, kasallikning oldini olish va davolash, shuningdek, ginekologiya, onalik, neonatal va bolalar va oʻsmirlar xizmatlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Evropa Ittifoqi vakillari ushbu chora-tadbirlar, ayniqsa, ona va bola salomatligini yaxshilash, shuningdek, borish qiyin boʻlgan hududlar aholisiga tibbiy xizmat koʻrsatishni kengaytirish borasidagi saʻʻy-harakatlar nuqtai nazaridan muhimligini taʻʻkidladilar.