18.01.2025 11:03
495

Diniy obidalar yaqinida tungi klublarni yopish taklif qilindi. Faqat Rossiyada



Bryansk viloyat dumasi deputati va «Pravoslav Rossiya» harakati rahbari Mixail Ivanov cherkov va masjidlar yaqinida joylashgan tungi klublarni yopish tashabbusini ilgari surdi. Bu haqda ProGorodChelny nashri xabar berdi.

Ivanovning taʻʻkidlashicha, yuqori ovozli musiqa va klublardagi toʻplanishlar diniy marosimlar oʻtkazilishiga xalaqit beradi. U barcha bar va restoranlarga ham xuddi shunday taqiq qoʻyilishi kerakligini aytsa-da, texnik jihatdan bu qiyin ish ekanligi qayd etilgan. Shu sababdan, eng avvalo, tungi hayot muassasalariga eʻʻtibor qaratish zarurligiga ahamiyat berilgan.

Deputatning fikricha, bu tashabbus cherkovlar va masjidlar atrofida maʻʻnaviy muhitni saqlash muhimligini tushungan koʻplab rossiyaliklar tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.