18.01.2025 10:14
646
Devid Xerst: Falastinliklarning oʻz erlarida qolish irodasi hal qiluvchi omil boʻldi
Britaniyalik yozuvchi Devid Xerstning fikricha, Gʻazoliklarning oʻz yurtlarida qolishga boʻlgan qatʻʻiyati urushda hal qiluvchi omil boʻldi.
«360 kvadrat kilometrlik hudud butunlay qamal qilinishi va yordam qoʻlini choʻzadigan biror musulmon davlat topilmaganiga qaramay falastinliklar dushmanga bosh egmadi», deydi u.
Na bombardimonlar, na dron hujumlari, na ochlik yoki badanlarni muzlatuvchi sovuq ularning irodasini sindira olmadi. Herst bu qarshilikni Isroil uchun strategik yoʻqotish, deb baholadi. Gʻazodagi zoʻravonliklar Isroilning oʻzini liberal-demokratik davlat sifatida koʻrsatishga boʻlgan urinishlarini toʻxtatdi va xalqaro jamoatchilik qarshisidagi mavqeiga putur etkazdi.
Isroilning Gʻazoni bosib olish uchun amalga oshirgan vahshiyliklari oʻzining zarariga – iqtisodiy, harbiy va diplomatik yoʻqotishlar bilan yakunlandi.
Maʻʻlumot uchun, kuni kecha Isroil xavfsizlik kabineti Gʻazo sektoridagi urushni toʻxtatish va HAMAS bilan asirlar almashish boʻyicha yangi kelishuvni tasdiqlagandi.