28.01.2025 06:37
733

Chet elliklarga Makka va Madinada koʻchmas mulk sotib olishga ruxsat berildi



Saudiya Arabistoni dushanba kuni Arabistonning muqaddas shaharlari Makka va Madinada chet elliklarga koʻchmas mulkka sarmoya kiritishga ruxsat berdi. Bu qaror Saudiya iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va infratuzilmani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.

Saudiya Arabistoni 2030 yilgacha 30 millionga yaqin Haj va Umra ziyoratchilarini qabul qilishni rejalashtirgan. 2019 yilda Saudiya iqtisodiyotiga kelgan ziyorat daromadlari 12 milliard dollardan ortiqni tashkil etgan. Bu ziyoratlar mamlakat iqtisodiyotida muhim rol oʻynaydi va hukumat bu sohadagi ishlarni kengaytirishga intilayotganini bildiradi.

Makka va Madinadagi koʻchmas mulkka sarmoya kiritish toʻgʻrisidagi qarorning eʻʻlon qilinishi bilan Makkalik ishlab chiquvchilarning aktsiya narxi 10 foizga koʻtarildi. Biroq, uy-joy sotishda hali ham cheklovlar mavjud. Masalan, SA fuqaroligiga ega boʻlmagan shaxslar mulkning 49 foizidan koʻprogʻini egallay olmaydi.