09.12.2024 17:15
598

Britaniya "Hayʻʻat tahrir ash-Shom" boʻyicha munosabatini qayta koʻrib chiqmoqda



London Suriyadagi oʻzgarishlarni hisobga olgan holda "Hayʻʻat tahrir ash-Shom" ni terrorchilik tashkilotlari roʻyxatidan olib tashlash masalasini koʻrib chiqadi.

Britaniya guruh Suriya prezidenti Basharni agʻdarishiga olib kelgan muxolifatga rahbarlik qilganidan soʻng "Hayʻʻat tahrir ash-Shom" (HTSh)ning taqiqlangan tashkilot maqomini qayta koʻrib chiqishi mumkin. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumatlararo ishlar vaziri Pat Makfadden maʻʻlum qildi.

“Biz bu masalani koʻrib chiqamiz. Oʻylaymanki, qaror guruhning hozir oʻzini qanday tutishiga bogʻliq boʻladi”, dedi MakFadden Sky News telekanaliga bergan intervyusida, HTSh holatini qayta koʻrib chiqish ehtimoli haqidagi savolga javob berar ekan.

"Oʻylaymanki, vaziyatning oʻzgarishini hisobga olgan holda nisbatan tez qaror qabul qilish kerak", - deya qoʻshimcha qildi u BBC radiosiga bergan intervʻyusida.

Xalqaro hukumatlar, jumladan Britaniya Asad rejimining qulashini olqishlab, buni Yaqin Sharq uchun oʻn yilliklardagi eng katta burilish nuqtalaridan biri deb atadi.

"Suriya xalqi Asad rejimi ostida juda uzoq vaqt azob chekdi va biz uning ketishini olqishlaymiz", dedi bosh vazir Britaniya hukumati veb-saytida eʻʻlon qilingan bayonotda.

Maʻʻlumot uchun, HTSh Buyuk Britaniyada terrorchi tashkilot hisoblanadi. Bu uning faoliyatida har qanday yordam yoki ishtirokni noqonuniy deb tan olinishiga sabab boʻladi.