24.02.2025 07:51
578

Boykot: Starbucks Malayziyadagi savdo hajmi 46 foizga kamayganini bildirdi

Starbucks kompaniyasi 2024 yil dekabrida yakunlangan olti oylik davrda Malayziyada 70,3 million ringit (taxminan 15,7 million AQSh dollari) sof zarar koʻrganini maъlum qildi.

Boykot Gʻazo sektoridagi genotsid tufayli musulmon mamlakatlari, jumladan, Malayziyadagi Isroilga qarshi kayfiyat bilan bogʻliq. Zero mahalliy isteъmolchilar Isroilni qoʻllab-quvvatlaydigan brendlarni rad etishmoqda.

Kompaniyaning daromadlari oʻtgan yilga nisbatan 46 foizdan koʻproqqa kamaydi.

Mamlakatdagi 400 ta Starbucks doʻkonlarining 10% dan ortigʻi vaqtincha yopildi.

Tahlilchilarning taxminlariga koʻra, yoʻqotishlar oʻsishda davom etishi va kelgusi ikki yil ichida kutilayotgan foyda 15 foizga kamayishi mumkin.