29.03.2025 14:48
Bosqinchi isroil Rafahni bombalamoqda
Britaniya qiroli Karl III saraton kasalligiga qarshi davolash jarayonining nojoʻya taъsirlari sabab shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Bukingem saroyi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, qirol 27-28 mart kunlari ishtirok etishi kerak boʻlgan barcha tadbirlar, jumladan, uch mamlakat elchilariga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi va ommaviy uchrashuvlar bekor qilingan.
“Qisqa muolajadan soʻng, monarx rasmiy qarorgohi – Clarence House’ga qaytdi va u erda davlat hujjatlari bilan ishlashda davom etmoqda”, deyiladi Bukingem saroyi rasmiy bayonotida.
Eslatib oʻtamiz, 2024 yilning fevral oyida 75 yoshli Karl III’ga saraton kasalligi tashxisi qoʻyilgan edi.