Bosniya va Gertsegovinada kuchli yogʻingarchiliklar keltirib chiqargan suv toshqinlarida 18 kishi halok boʻldi. Koʻplab kishilarning bedarak yoʻqolgani xabar qilinmoqda.

Bosniya va Gertsegovinada kuchli yogʻingarchiliklar keltirib chiqargan suv toshqinlarida 18 kishi halok boʻldi, deya xabar bermoqda Anadolu agentligi.

Mamlakat janubidagi Gertsegovina-Neretva kantoni hukumati tomonidan eʻʻlon qilingan bayonotda aytilishicha, Yablanitsa va Konjich shaharlarida sodir boʻlgan suv toshqinlaridan soʻng 16 kishining jasadi topilgan, qurbonlar orasida bir bola ham bor.

Mintaqada qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Bu jarayonga armiya ham jalb qilingan.

Bosniya va Gertsegovinadagi suv toshqinlari Foynitsa va Kiselyak shaharlariga ham taʻʻsir qildi. Fojnitsada suv toshqini tufayli 2 kishi halok boʻldi.

Bosniya va Gertsegovina Prezidentlar Kengashi raisi Denis Bekirovich toshqindan eng koʻp zarar koʻrgan Yablanitsaga tashrif buyurdi. U odamlarga yordam berish uchun barcha choralar koʻrilishini maʻʻlum qildi.

Bosniya va Gertsegovinadagi koʻplab muassasa va tashkilotlar yordam kampaniyasini, jumladan, mablagʻ yigʻishni boshladi.

Bosniya va Gertsogovina Janubi-Sharqiy Evropadagi Bolqon yarimorolida joylashgan davlat boʻlib, aholisi 3,5 millionga yaqinroq (30 iyunya 2021 yilgi maʻʻlumot). Aholisining  foizdan ziyodrogʻi musulmonlardan iborat.

Mavzuga aloqador