07.01.2025 13:35
282
Bombalanayotgan Gʻazo: 459-kunning asosiy voqealari
Bombalanayotgan Gʻazo: 459-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 459 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Bosqinchilar Xon Yunis, Rafaksi, Boʻrij va Nuseyrat lagerlariga hujum qildi. Bir kunda 28 kishi shahid boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 45 854 kishi shahid boʻldi.
▪️Al-Qassam brigadalari Bayt Xayndagi jangda ikkita bosqinchini, shu jumladan Nasal brigadasi komandirini yoʻq qildi. Jabaliyada ikkita Merkava tanki yoʻq qilindi.
▪️Gʻazodan Al-Quds brigadalari Sderot va anklav bilan chegaradagi aholi punktlarini raketa bilan oʻqqa tutdi.
▪️UNRVA: Isroil qoʻshinlari Karim Salim nazorat punkti orqali Gʻazoga oʻtayotgan yoqilgʻi karvoniga 16 marta oʻq uzdi.
▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Falastin shaharlariga katta hujumlar uyushtirmoqda, ikki yosh falastinlik halok boʻldi, oʻnlab kishilar, jumladan, ikki qiz ham hibsga olindi.
▪️Harbiylar himoyasi ostidagi koʻchmanchilar Falastinning Qalqilya, Nablus, Al-Xalil va Ramallahdagi fermalari va uylariga oʻt qoʻydi.
▪️Falastinning Qalqilyadagi koʻchmanchilarni olib ketayotgan avtobusga hujumi chogʻida halok boʻlgan uch koʻchmanchidan biri ishgʻol politsiyasining tergovchisi edi.
▪️Husiylar Amerikaning USS Hurry Truman aviatashuvchi kemasiga, Tel-Aviv va Asqalanga raketa va uchuvchisiz samolyotlar tomonidan hujum qilingani haqida xabar berishdi.
▪️Isroil harbiylari Livan janubidagi 60 ta qishloq aholisiga ular uylariga qaytmasliklarini maʻʻlum qilgan.