17.12.2024 13:50
625
Bombalanayotgan Gʻazo: 438-kunning asosiy voqealari
Bosqinchilar Gʻazo boʻylab hujumlar uyushtirdi. Bir kun ichida falastinliklarga 7 ta qirgʻin qilindi. Urush boshlanganidan buyon 45 028 kishi shahid boʻldi.
▪️Kamol Advan kasalxonasiga ishgʻol uchuvchisiz uchoqlari 10 ta bomba tashladi, muassasaning 3-qavati yonib ketdi, barcha elektr generatorlari vayron boʻldi, elektr taʻʻminoti uzildi. 50 nafar bemorning hayoti xavf ostida.
▪️Jurnalistlarni himoya qilish qoʻmitasi: Gʻazoda bir hafta ichida 4 nafar jurnalist oʻldirildi. Biz xalqaro hamjamiyatni OAVga qilingan hujumlar uchun Isroilni javobgarlikka tortishga chaqiramiz. Isroil 2024-yilda dunyo boʻylab jurnalistlar oʻlimining 2/3 qismi uchun javobgardir.
▪️Nablusdagi Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar bir falastinlikni otib oʻldirdi. Jeninda qarshilik jangarilari va muxtoriyat xavfsizlik xizmatlari oʻrtasida toʻqnashuvlar boʻlmoqda.
▪️Husiylarning Falastin 2 gipersonik ballistik raketasini uchirishi oqibatida 5 nafar muhojir jarohat oldi. Ben Gurion aeroportidagi operatsiyalar bir necha soat davomida falaj boʻlib qoldi.
▪️Germaniya Tashqi ishlar vazirligi: Isroil Joʻlondagi bosqinchi kuchdir. Suriyada Isroil nazorati ostidagi hudud Suriya hududi va biz uning anneksiyasini tan olmaymiz.
▪️AQSh Yaman poytaxti Sana shahriga zarbalar berdi.
▪️Bosqinchilar Damashq va Homsga hujum qilishdi. Bosqinchi armiya Suriyaning Joʻlondagi Hadar shahriga bostirib kirgani haqida xabar berilgan.

