16.12.2024 13:30
533
Bombalanayotgan Gʻazo: 437-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 437 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Bosqinchilar Xon Yunis, Rafah, Bayt Xanun, Nusayrat, Jabaliya va Burayj lagerlariga hujum qildi.
▪️Bosqinchilar 24 soat ichida Xon Yunis va Nuseyrat lageridagi koʻchirilganlar bilan toʻrtta maktabda qirgʻin uyushtirdi. 69 kishi halok boʻldi, 100 dan ortiq kishi yaralandi.
▪️Kasalxona direktori Kamol Advan: Bosqinchilar shifoxona darvozalari, generatorlar va suv idishlariga hujum qilishdi. Shahidlarning jasadlari koʻchada yotibdi, biz ularni evakuatsiya qila olmaymiz.
▪️Bosqinchilar «Al-Jazira» telekanali jurnalisti Ahmad Al-Luxni fuqarolik mudofaasining 5 nafar xodimi bilan birga oʻz xizmat missiyasi davomida oʻldirishdi. Ahmad Gʻazoda natsistlar qoʻlida halok boʻlgan 196-jurnalist boʻldi.
▪️Al-Quds brigadalari Shujayyada ishgʻol mashinalarini portlatib yubordi.
▪️Qarshilik jangchisi Gʻarbiy Sohildagi Ariel aholi punktida ishgʻol askarining mashinasiga oʻq uzdi. Jangchini qidirish davom etmoqda.
▪️Axios: Gʻarbiy Sohildagi Jenin qarshiligi Falastin maʻʻmuriyati uchun hal qiluvchi daqiqadir. Amerika PA xavfsizligini taʻʻminlash uchun harbiy yordam uchun Isroildan ruxsat soʻradi.
▪️Isroil Falastin tarafdori faol pozitsiyasi tufayli Irlandiyadagi elchixonasini yopdi.
▪️UNRVA Jenin brigadalari va Falastin maʻʻmuriyati kuchlari oʻrtasidagi shiddatli toʻqnashuvlar sababli Jenin qochqinlar lageridagi faoliyatini yana bir kunga toʻxtatganini eʻʻlon qildi.
▪️New York Times: Isroil 50 yil ichida birinchi marta Golan tepaliklari tashqarisidagi Suriya hududiga kirdi.