12.12.2024 14:02
460
Bombalanayotgan Gʻazo: 433-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 433 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Bayt Lahiya, Xon Yunis, Shayx Radvan, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 69 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 44 805 kishi shahid boʻldi.
▪️Natsistlar Nuseyrat lageridagi Al-Luhlar oilasining uyini portlatib, 15 kishini oʻldirdi, ularning aksariyati ayollar va bolalar edi.
▪️Gʻarbiy Sohilda, Quddusdagi nazorat punktida avtobusning oʻqqa tutilishi natijasida 1 kelgindi oʻldi, 3 tasi yaralandi. Nablusda bir falastinlik halok boʻldi.
▪️Gʻazo Sogʻliqni saqlash vaziri: Gʻazo Isroil dushmanining xunuk va jinoyatchi yuzini oshkor qildi. Shahidlarning jasadlari koʻchalarda sochilib yotibdi, itlar emoqda, ularni evakuatsiya qilib boʻlmaydi.
▪️Urush bolasi: Gʻazo sektoridagi bolalarning 96 foizi oʻlimlari yaqin ekanini his qiladi.
▪️Al-Qassam brigadalari: Jabaliya lagerining Al-Xalaf hududida sionist askarlarini yoʻq qildik. Nittsarim hududida bosqinchilar qarorgohiga hujum uyushtirildi.
▪️Amnesty International tashkiloti gʻazolik jurnalist Anas Sharifni 2024 yilgi Inson huquqlari himoyachisi mukofoti bilan taqdirladi.
▪️Gollandiya universitetlari xodimlari universitetlarning Isroil bilan aloqalarini uzish maqsadida ish tashlashdi.
▪️Irlandiya tashqi ishlar vaziri: Hukumatimiz Janubiy Afrikaning Xalqaro sudda Isroilga qarshi daʻʻvosiga qoʻshiladi.
▪️Livan janubida bosqinchilarning hujumi natijasida 5 kishi halok boʻldi.
▪️Isroil bosqinchilari Suriyaning Quneytra qishlogʻidagi druzlar yashaydigan Hadar shaharchasiga bostirib kirdi.