09.12.2024 11:30
414

Bombalanayotgan Gʻazo: 430-kunning asosiy voqealari

⚡️Gʻazoni bombalashning 430 kuni. Bosqinchilar Bayt Lahiya, Xon Yunis, Rafah, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 44 kishi halok boʻldi.

▪️Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi: Bosqinchilar Indoneziya kasalxonasiga hujum qilib, 6 nafar bemorni yaraladi. Al-Auda kasalxonasi yaqinida felʻdsher halok boʻlgan. Kamol Advan kasalxonasiga hujumlar davom etmoqda.

▪️Bosqinchilar Rafahdagi insonparvarlik yordami omboriga un olish uchun ketayotgan odamlarga 7 marta zarba berishdi. 16 kishi halok boʻldi, oʻnlab kishilar yaralandi.

▪️Al-Qassam brigadalari Rafah va Jabaliya lagerida Merkava 4 tankini yoʻq qildi va Nitsarim oʻqida bosqinchilar otryadiga hujum qilindi.

▪️Gʻarbiy sohilda Jenin, Ramala va Qalqilyada 30 dan ortiq odam hibsga olingan.

▪️Livan janubida sodir boʻlgan portlash oqibatida ishgʻolchi armiyaning 3 nafar zobit va askari halok boʻldi, yana bir qanchasi yaralandi.

▪️Tun boʻyi Isroil Suriyaning janubi boʻylab yirik zarbalar berdi, ularning aksariyati Daraa shahriga zarba berdi. Avvalroq bosqinchilar Damashq nishonlariga, jumladan Mezze harbiy aeroporti, razvedka va bojxona binolariga 10 ta hujum uyushtirgan edi.

▪️Bosqinchilar Suriyaning Golan tepaliklarida joylashgan Xermon togʻini oʻz nazoratiga olishdi. Togʻ dengiz sathidan 2814 m balandlikda joylashgan boʻlib, mintaqadagi eng baland choʻqqidir.

▪️Ummon muftiysi: Qardosh Suriya xalqini qon toʻkmasdan oʻtmish sahifasini varaqlagani bilan tabriklaymiz va sodir boʻlgan voqeadan saboq bor.

Katta Yaqin Sharq (https://t.me/middleeast_west)