08.12.2024 14:24
576

Bombalanayotgan Gʻazo: 429-kunning asosiy voqealari

429 kun Gʻazo bombardimon qilindi. Bosqinchilar Zaytun hududi, Bayt Lahiya, Xon Yunis, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. 24 soat ichida 52 kishi vafot etdi. Urush boshlanganidan buyon 44664 kishi shahid boʻldi.

▪️Bosqinchilar Nuseyrat lageridagi turar-joy binolarini portlatib yubordi, natijada 26 kishi halok boʻldi.

▪️Kamol Advan kasalxonasi tun boʻyi olov ostida edi. Bosqinchilar asosiy generatorga hujum qilishdi.

▪️Shifa gospitali direktori Muhammad Abu Salmiya: Gʻazodagi urush paytida 4000 dan ortiq odam oyoq-qoʻllari amputatsiya qilingan. Ularning aksariyati bolalardir.

▪️Gʻarbiy Sohilda fashistlar Jenindagi Ibn Sino kasalxonasiga hujum qilishdi. Yarador, qon ketayotgan yigit kasalxonadan oʻgʻirlab ketilgan. Al-Favvar lagerida hujum uyushtirildi, 2 askar yaralandi.

▪️Al-Qassam brigadalari Gʻazoda zirhli korpus leytenantini oʻldirdi.

▪️Norvegiya Tashqi ishlar vaziri: Biz yaxlit va oʻzaro bogʻlangan Falastin davlatini, jumladan, Gʻarbiy Sohil va Gʻazoni istaymiz. Faqat Falastin davlatini yaratish orqali Isroil qoʻshnilari bilan tinch-totuv yashashini kafolatlash mumkin.

▪️Bugun Jabaliya lagerida boshlangan ilk Falastin intifadasi Toshlar intifadasi boshlanganiga 37 yil toʻldi.

▪️Livanda ishgʻolchilarning Jbeyl hududiga bergan zarbalari natijasida 4 kishi halok boʻldi, 6 kishi yaralandi.

▪️Hujum boshlanganidan 12 kun oʻtib jangarilar Homs shahri va Suriya poytaxti – Damashqni egallab olishdi. Asad Damashqdan nomaʻʻlum tomonga chiqib ketdi.

Katta Yaqin Sharq (https://t.me/middleeast_west)