04.12.2024 13:31

Bombalanayotgan Gʻazo: 425-kunning asosiy voqealari


Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 425 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Bayt Lahiya, Bayt Xanun, Burayj, Nusayrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 36 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 44502 kishi shahid boʻldi.

▪️Soʻnggi ikki oy ichida Kamal Advan kasalxonasi beshinchi marta hujumga uchradi. Bosqinchilar kvadrokopterlar yordamida xodimlarga oʻq uzdi - 3 nafar shifokor yaralandi.

▪️Burayj lagerida natsistlar koʻchirilganlar yashayotgan Abu Xamis maktabiga hujum qildi. Maktab hududida 15 ta chodir yonib ketdi, 1 kishi halok boʻldi, oʻnlab kishilar yaralandi.

▪️Al-Qassam brigadalari Gʻazo shimolidan Eretz nazorat-oʻtkazish punkti yoʻnalishi boʻyicha ikkita raketa uchirdi. Ular Nitsarim oʻqida fashistlarga hujum qilishdi va Rafaxda tank va bulʻdozerlarni portlatishdi.

▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Falastin shaharlariga ommaviy hujumlar uyushtirmoqda. 3 kishi, jumladan 1 bola halok boʻldi. Tubasda natsistlar "Turk kasalxonasini" qamal qildi, 5 shifokor oʻgʻirlab ketildi.

▪️Husiylar: Iroq qarshilik kuchlari bilan birgalikda 3 ta harbiy amaliyot oʻtkazdik. Ikki nishon ishgʻol shimoliga, uchinchisi esa Umm ar-Rashrashdagi (Eilat) hayotiy nishonga qaratildi.

▪️Iroqning Sulaymoniya shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro kitob yarmarkasida falastinlik shahid Yahyo Sinvar muallifligidagi “Chinnigul va tikan” kitobi eng koʻp sotilgan kitob boʻldi.

▪️New York Times: Sunʻʻiy yoʻldoshdan olingan suratlarga asoslanilsa, Gʻazo markazida Isroil harbiy bazasi qurilishi jadallashtirilgan, 600 dan ortiq binolar buzilgan.