03.12.2024 13:54
479

Bombalanayotgan Gʻazo: 424-kunning asosiy voqealari


Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 424 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Xon Yunis, Dayr al-Balah, Bayt-Laxiya, Jabaliya va Nusayrat lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 37 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 44466 kishi shahid boʻldi.

▪️Gʻazo hukumati: Gʻazo shimolida qamal boshlanganiga 60 kun bshchldi. Bu vaqt ichida 3700 kishi halok boʻlgan yoki bedarak yoʻqolgan.

▪️Al-Qassam brigadalari Xon Yunisdan bosib olingan hududga raketa uchirdi.

▪️Gʻarbiy Sohilda qarshilik jangchilari bir kunda 14 ta qarshilik harakatini amalga oshirdi.

▪️Bosqinchilar Livan janubidagi shaharlarga 30 marta zarba berdi. 9 kishi halok boʻldi.

▪️"Hizbulloh": Mudofaa, ishgʻol tomon ogohlantiruvchi zarba sifatida raketalar uchirdik. Livanning bosib olingan Kafr Shuba tepaliklarida dushmanning Ruvaysat al-Olam pozitsiyalariga zarba berdik.

▪️Eron prezidenti Rossiya prezidentiga: Mintaqada sodir boʻlgan soʻnggi voqealar Isroil manfaatlariga qaratilgan Amerika-Sionistik rejadir. Mintaqadagi davlatlar oʻrtasidagi birlik va hamkorlik bu rejani barbod qiladi.

▪️Tramp 20 yanvargacha Gʻazodan isroillik harbiy asirlar ozod qilinmasa, Yaqin Sharqda doʻzax boʻlishini vaʻʻda qilmoqda.

▪️"Hayʻʻat Tahrir ash-Shom" guruhi boshchiligidagi hukumatga qarshi kuchlar Suriyaning Xama viloyatida maʻʻmuriy markazdan 6 km uzoqlikda Bashar al-Assad rejimi kuchlari bilan jang qilmoqda. Yana 6 ta aholi punkti muxolifat kuchlari nazoratiga oʻtdi. 

▪️Bashar al-Assad rejimi va Rossiyaning Suriya shimolidagi Halab va Idlib viloyatlariga 27 noyabrdan 2 dekabrga qadar uyushtirgan aviahujumlari natijasida 81 nafar tinch aholi halok boʻldi, yana 304 nafari yaralandi.