30.11.2024 13:55
Bombalanayotgan Gʻazo: 421-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 421 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Bosqinchilar Dayr al-Balah, Bayt-Lahia, Rafah, Rimal, Shayx Radvan va Nusayrat lageriga hujum qildi. Gʻazoda bir kun ichida 100 kishi halok boʻldi, ulardan 75 nafari Bayt Lahiyada edi.
▪️Bosqinchilar Bayt-Laxiyadagi Indoneziya kasalxonasi yaqiniga kirib keldi. Bu soatlarda hududda qizgʻin otishmalar davom etmoqda.
▪️Shimoliy Gʻazoda 5 oktyabrdan beri davom etayotgan qattiq qamal davomida bosqinchilar anklavning bu qismida 2700 kishini oʻldirdi, 10 000 kishi jarohat olgan.
▪️HAMAS: Xalqaro hamjamiyat va BMTni Gʻazo shimolidagi blokadani olib tashlashga va genotsidni toʻxtatishga chaqiramiz.
▪️Al-Qassam va Al-Quds brigadalari Jabaliya lageridagi bosqinchilarning taʻʻminot liniyasiga hujum qildi.
▪️Oxirgi bir hafta ichida bosqinchilar Gʻarbiy Sohilda 9 nafar falastinlikni, jumladan 1 bolani oʻldirdi.
▪️Xalqaro jinoiy sud prokurori Isroilning Netanʻyaxu va Galantning hibsga olinishiga qarshi shikoyatini rad etishni talab qilmoqda.
▪️"Hizbulloh" rahbari Naim Qosim "harakat Isroil bilan urushda gʻalaba qozonganini" eʻʻlon qildi. Sulhga qaramay, Livan janubidagi Bani Hayyan shahriga birinchi marta bosqinchi tanklar kirib keldi.
▪️Dunyo boʻylab: Lotin Amerikasi, Frantsiya, Niderlandiya, Norvegiya, Yaman, Turkiya, Kanada, AQSh, Buyuk Britaniya va Iordaniyada Falastinni qoʻllab-quvvatlovchi ommaviy namoyishlar boʻlib oʻtdi.
▪️Suriyaning Halab va Idlib viloyatlarida muxolifat kuchlari bilan Rossiya va Suriya qoʻshinlari oʻrtasida janglar davom etmoqda. Muxolifat kuchlari Halab shahrini deyarli toʻliq egalladi va mahalliy qamoqxonalardagi Asad rejimi qamagpn mahbuslar, jumladan koʻplab ayollarni ozod qildi.