27.11.2024 14:45
550

Bombalanayotgan Gʻazo: 418-kunning asosiy voqealari



Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 418 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.


▪️ Bosqinchilar Gʻazoning Zaytun hududi, Bayt Lahiya, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 44249 kishi shahid boʻldi. 

▪️Bugun Gʻazo shimolidagi qamalning 55-kuni. BMT maʻʻlumotlariga koʻra, birgina noyabrʻ oyida bosqinchilar Gʻazo shimoliga yordam etkazilishi boʻyicha 41 ta soʻrovni rad etgan.

▪️Fashistlar koʻchirilganlar yashayotgan Tabayin va Zaytun maktablariga hujum qildi. 23 kishi shahid boʻldi. Ularning aksariyati bolalardir.

 ▪️Al-Qassam brigadalari Nittsarim oʻqiga zarba berdi va Jabaliyadagi Al-Auda masjidi yaqinida "Merkava" tankini ekipaji bilan yoʻq qildi.

 ▪️Isroil va "Hizbulloh" oʻrtasidagi sulh bugun ertalab soat 4 da kuchga kirdi.

▪️Sulh eʻʻlon qilinishidan oldin "Hizbulloh" Isroilning Hayfa, Tel-Aviv, Nahariya va Jalila shaharlariga katta miqdorda raketalar uchirdi - sirenalar kuniga 115 marta yangradi. Akkadagi Sharaga bazasi uch marta hujumga uchradi, Kapridagi 146-divizionning yangi qarorgohi bombardimon qilindi, Kiryat Shmonaga uchuvchisiz uchoqlar yordamida hujum qilindi.

▪️Bosqinchilar Livanning Bayrut, Baalbek, Tir, Saidaga va Quvaytning Livandagi elchixonasi yaqinlariga hujum qilishdi. Natsistlar hujumlari boshlanganidan beri 3823 kishi halok boʻldi. 

 ▪️Isroilliklarning 61 foizi Isroil "Hizbulloh"ni magʻlub eta olmadi deb hisoblamoqda.

▪️ Reuters: Turkiya ravvin Koganni oʻldirishda ayblanayotgan oʻzbekistonliklarni BAAga ekstraditsiya qildi. BAA Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Turkiya rasmiylariga minnatdorchilik bildirdi.