26.11.2024 14:13
524

Bombalanayotgan Gʻazo: 417-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 417 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.


▪️Bosqinchilar Shayx Radvan hududi, Bayt Lahia, Xon Yunis, Jabaliya va Nuseyrat lagerlariga hujum qilishdi. Urush boshlanganidan buyon 44235 kishi shahid boʻldi, 104638 kishi yaralandi.

▪️Gʻazo hukumati: ikki kun ichida koʻchirilgan odamlar joylashgan 10 000 chodirni dengiz suvi yuvib ketdi.

▪️Gʻazoda urush boshlanganidan beri bosqinchilar 435 nafar falastinlik ayolni hibsga oldi.

▪️Al-Qassam brigadalari bosqinchilarning Nittsarim oʻqi boʻyicha qoʻmondonlik-nazorat punktiga hujum qildi. Bayt-Laxiyada "Merkava" tanki yoʻq qilindi. Gʻazo gʻarbida 10 bosqinchilardan iborat otryadga hujum qilindi.

▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Jenin, Nablus va Qalkiliyaga hujum qiladi. Natsistlar Ramallohdagi Birzeyt universitetiga bostirib kirib, talabalarni hibsga oldi.

▪️Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi: 24 soat ichida Isroil bombardimonida 31 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 3768 kishi halok boʻldi.

▪️"Hizbulloh" Isroilga qarshi 21 ta harbiy amaliyot oʻtkazdi. Akkadagi Sharaga bazasi va Golandagi Raviya bazasi hujumga uchradi va Xiyom, Meron va Shomerdagi bosqinchilar guruhiga hujum qilindi. Nahariyaga raketalar uchirildi.

▪️Suriya shimoli-sharqidagi AQSh harbiy bazasi hujumga uchradi. Bazaga 5 ta raketa uchirildi.