22.11.2024 13:36
570
Bombalanayotgan Gʻazo: 413-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 413 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Bayt Lahiya, Rafah, Dayr al-Baloh, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. 24 soat ichida 110 kishi vafot etdi. Urush boshlanganidan buyon 44 056 kishi shahid boʻldi.
▪️Fashistlar Kamal Advan kasalxonasiga bomba tashladi, 7 nafar shifokor yaralandi.
▪️Kasalxona direktori Kamal Advan: Kasallar va yaradorlar shu erda ekan, Gʻazo shimolida qolishga majburmiz.
▪️Gʻazo fuqarolik mudofaasi: Sharqiy Gʻazoda ishgʻolchilar qoldirgan konservalardan 15 bola va ayol zaharlandi.
▪️Al-Qassam brigadalari: Bayt Lahiyadagi 15 ta bosqinchi nol masofadan yoʻq qilindi. Jabaliya va Nittsarim oʻqida ishgʻol uskunalariga hujum qilindi.
▪️"Hizbulloh" Hayfadagi bosqinchi dengiz flotiga, Akkadagi Sharaga bazasiga va Ashdoddagi Havor havo bazalariga hujum qildi. Xiamdagi askarlar kontsentratsiyasiga 10 marta hujum qilindi, Shamada "Merkava" tanki yoʻq qilindi.
▪️Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi: Bosqinchilarning Baalbekdagi hujumlari natijasida 47 kishi halok boʻldi, 51 kishi yaralandi. Bosqinchilar Bayrut chekkasidan majburiy evakuatsiya qilishni buyurdi.
▪️Xalqaro jinoyat sudi Bosh prokurori butun dunyo davlatlariga murojaat qilib, Netanyaxu va Galantni hibsga olish qarorini amalga oshirishda yordam soʻradi. Aksariyat davlatlar isroillik bosqinchi rahbarlarni taʻʻqib qilish qatʻʻiyatini tasdiqladi.