18.11.2024 13:27
401
Bombalanayotgan Gʻazo: 409-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 409 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Bayt Lahiya, Rafah, Burayj va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Soʻnggi 24 soat ichida 111 kishi halok boʻldi, ulardan 72 nafari Gʻazo shimolida. Urush boshlanganidan buyon 43 846 kishi shahid boʻldi.
▪️Al-Qassam brigadalari Bureyj lagerida ikkita "Merkava" tanki va uchta D9 bulʻdozerini portlatib yubordi, Bayt-Laxiyadagi turar-joy binosida ishgʻolchilar yoʻq qilindi.
▪️Yedioth: Kfir brigadasi Gʻazo shimolidagi Bayt Lahiya shahrida bir haftadan kamroq vaqt ichida 7 askarini yoʻqotdi. Jabaliyada esa Lotar boʻlinmasining 5 askari qarshilik harakati pistirmasigna tushib qoldi. Hammasi zlgan.
▪️Husiylar uchuvchisiz uchoqlar yordamida Isroilning Yafe va Asqalan shaharlaridagi bir qator harbiy obʻʻektlarga hujum uyushtirdi.
▪️"Hizbullo"h Maale Golani kazarmasiga zarba berdi, chegarada "Merkava" tankini ekipaji bilan yoʻq qildi va Xiam shahridagi bosqinchilar guruhiga olti marta zarba berdi.
▪️Iroq qarshilik kuchlari Umm al-Rashrash (ibron. Eylat)dagi ishgʻol portiga hujum qildi.
▪️Bosqinchilar Livanga katta hujumlar uyushtirdi. Bayrutdagi binoning portlashi natijasida "Hizbulloh" matbuot xizmati rahbari Muhammad Afifa halok boʻldi. Isroilning Livandagi tajovuzi boshlanganidan beri 3481 kishi halok boʻldi.
▪️Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi: Isroil shifokorlarga maqsadli hujumlar uyushtirishda davom etmoqda. Kechasi Nabatiya va Tireda 2 shifokor halok boʻldi. Tajovuz boshlanganidan beri jami 207 shifokor halok boʻlgan.
▪️JSST delegatsiyasi yaradorlarning bir qismini Gʻazodan evakuatsiya qilish uchun eksklav shimolidagi Kamal Advan kasalxonasiga etib keldi.
▪️Times Of Israel: Turkiya Ozarbayjondagi iqlim boʻyicha COP29 sammitida ishtirok etishni rejalashtirgan Isroil prezidenti Hertsogning samolyotini Turkiya uzra oʻtishiga ruxsat bermadi.