11.11.2024 13:42

Bombalanayotgan Gʻazo: 402-kunning asosiy voqealari


Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 402 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.


▪️Bosqinchilar Bayt Lahiya, Rafah, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Bir kunda 49 kishi halok boʻldi, ulardan 36 nafari Gʻazo shimolida oʻldirilgan. 

 ▪️Jabaliya lagerida bosqinchilar 14 nafar bola va 6 nafar ayol, jami 23 kishidan iborat butun Alush oilasini oʻldirdi.

 ▪️Al-Qassam brigadalari: jangchilarimiz Gʻazo shimolidagi Bayt Lahiya shahrida 15 sionistni nol masofadan oʻldirishdi.

 ▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Al-Xalil, Nablus, Qalqilya va Ramallohga hujum qiladi. Oʻnlab falastinliklar hibsga olingan.

 ▪️"Hizbulloh" Isroilga qarshi 27 ta harbiy amaliyot oʻtkazdi. Hayfadagi harbiy-dengiz bazasi hujumga uchradi, Al-Kaba tepaliklarida bosqinchilar guruhiga uch marta hujum uyushtiildi, Kiryat Shmona, Avivim, Evin Menachem, Zarit, Kafr Kila aholi punktlariga ham hujum qilindi.

▪️Iroq qarshilik kuchlari ishgʻol qilingan hududdagi harbiy nishonga uch marta hujum qildi.

▪️Bu kecha qarshilik kuchlari Suriya sharqidagi Amerikaning Koniko va Al-Umar harbiy bazalariga dronlar va raketalar bilan hujum qildi.

▪️Suriya Mudofaa vazirligi: Isroilning Damashqdagi turar-joy binolariga hujumi 7 kishining hayotiga zomin boʻldi.

▪️Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi: Isroilning Bekaa vodiysini bombalashi natijasida 41 kishi halok boʻldi, 31 kishi yaralandi.

▪️Ishgʻol xavfsizligi xizmatlari Netanyaxuga bir joyda turmaslikni maslahat berdi va natsistlar uyiga qilingan hujumdan keyin bunkerda yigʻilishlar oʻtkazayotganini tasdiqladi.

▪️Isroilning yangi tashqi ishlar vaziri Gideon Saar: Kurd xalqi buyuk xalq va bizning ittifoqdoshimiz. Kurdlar Eron va Turkiya zulmi qurboni. Ularga etib borishimiz, aloqalarimizni mustahkamlashimiz kerak