09.11.2024 10:14
955

Bombalanayotgan Gʻazo: 400-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 400 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Xon Yunis, Bayt Lahiya, Rafah va Jabaliya lageriga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 43508 kishi shahid boʻldi.

▪️Bosqinchilar Gʻazo gʻarbida koʻchirilganlar joylashgan Fahd Al-Sabah maktabiga hujum qildi, 3 kishi halok boʻldi. Xon Yunisda ham odamlar boʻlgan chodirlar oʻqqa tutildi, 9 kishi shahid boʻldi.

▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Ramallah, Tulkarm va Nablusga hujum qilmoqda. Al-Qassamning Tulkarmdagi brigadalari ishgʻol uskunasini portlatib yubordi.

▪️ Hizbulloh” Isroilga qarshi 16 ta harbiy amaliyot oʻtkazdi. Nasr-1 raketalari bilan Stella Maris dengiz bazasi va Hayfadagi aeroportga, Karmieldagi bazaga hujum uyushtirildi.

▪️Bosqinchilar Bayrut va uning chekka hududlariga 14 marta zarba berdi. Isroil tajovuzi boshlanganidan beri Livanda 3117 kishi halok boʻldi.

▪️Bosqinchilar Suriyaning Halabidagi Al-Safira hududidagi tadqiqot majmuasini oʻqqa tutdi.

▪️BMT: Gʻazodagi urush qurbonlarining 70 foizi ayollar va bolalardir. Halok boʻlganlarning aksariyati 5 yoshdan 9 yoshgacha boʻlgan bolalardir.

▪️JSST va BMT hozir ocharchilik hukm surayotgan Gʻazo shimoliga oziq-ovqat etkazib berish yoʻlini ochishga chaqirdi.

▪️Irlandiya Janubiy Afrikaning Gʻazodagi genotsid boʻyicha Xalqaro sudga bergan daʻʻvosiga qoʻshilishini bildirdi.

▪️Time of Israel xabariga koʻra, sulh boʻyicha muzokaralar besamar ketgani ortidan Qatar AQSh bosimi ostida HAMAS aʻʻzolaridan mamlakatni tark etishlarini soʻragan. Qatar tomoni hozircha bu xabarga munosabat bildirgani yoʻq.

▪️Falastin rahbari Mahmud Abbos AQSh prezidentligiga saylangan Donalʻd Trampga qoʻngʻiroq qilib, uni gʻalabasi bilan tabrikladi.

▪️Ispaniya hukumati Isroilga qurol-yarogʻ tashiyotganlikda shubha qilingan ikkita Maersk Seletar yuk kemasining ispan bandargohlariga kirishiga ruxsat bermadi. HAMAS ushbu qarorni olqishladi.