08.11.2024 13:30
864

Bombalanayotgan Gʻazo: 399-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 399 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Rafah, Bayt-Laxiya, Jabaliya, Nuseyrat va Shati lagerlariga hujum qildi. Soʻnggi 24 soat ichida 50 kishi halok boʻldi, ulardan 42 nafari Gʻazo shimolida.

▪️Bosqinchilar Shati lageridagi koʻchirilganlar bilan maktabda qirgʻin qilishdi. 12 kishi halok boʻldi, 30 dan ortiq kishi jarohatlandi.

▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Nablusdagi Balat lagerini qamal qilishdi. Oʻnlab falastinliklar hibsga olingan.

▪️Xusiylar Al-Javf hududida Amerikaning navbatdagi MQ-9 Reaper uchuvchisiz uchoqlarini urib tushirdi.

▪️ «Hizbulloh» Isroilga qarshi 21 ta operatsiyani amalga oshirdi. Hayfadagi Ramim va Yiftah kazarmalari, Eliakim va Maris bazalariga, Harmon, Liman va Marun ar-Rasda askarlar hujumga uchragan. Bu soatlarda dronlar Hayfa va Kesariya ustidan uchib oʻtadi.

▪️Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi: Soʻnggi 24 soat ichida Isroilning Livan boʻylab bombardimon qilishlari natijasida 53 kishi halok boʻldi va 161 kishi yaralandi.

▪️ Tel-Avivning «Makkabi» va Amsterdamning «Ayaks» futbol klublari uchrashuvi boʻlib oʻtgan Gollandiya poytaxtida oʻnlab isroillik futbol muxlislari jarohat oldi. Hujumlar sababi: oʻyin oldidan bosqinchilar mahalliy aholining uylaridan Falastin bayroqlarini yirtib tashlashdi.

▪️Isroilning Saida shahriga bergan havo hujumi natijasida YuNIFILning olti nafar malayziyalik tinchlikparvar askari yaralandi.