Bombalanayotgan Gʻazo: 396-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 396 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar
Bayt Lahiya, Xon Yunis, Jabaliya va Nusayrat lagerlariga hujum qildi. 24
soat ichida 70 kishi vafot etdi.
▪️Bayt-Laxiya shahrida fashistlar koʻchirilganlar joylashgan
chodirlar va uylarni oʻqqa tutdi. 29 kishi shahid boʻldi.
▪️JSST: Isroilning Kamol Advan kasalxonasining bolalar
boʻlimiga hujum qilishi natijasida 6 nafar yangi tugʻilgan chaqaloq jarohat oldi.
▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Qalqilya va Tubasga bostirib kirdi.
Jenin qamalda. Bir kishi halok boʻldi.
▪️Al-Qassam brigadalari: Jabaliya lageri hududida “Merkava” tankini portlatib yubordik va 4 bosqinchini
yoʻq qildik.
▪️ “Hizbulloh” Isroilga qarshi 19 ta
operatsiyani amalga oshirdi. Kun davomida Meron harbiy bazasiga uch marta hujum
uyushtirildi, Hayfa, Safad, Nahariya, Marun, Shaal va Dalʻtonga raketalar uchirildi.
▪️Iroq qarshilik kuchlari: Hayfaga uchta muvaffaqiyatli hujum
uyushtirdik.
▪️Bosqinchilar Suriya poytaxti Damashqqa hujum qildi. Fuqarolik obʻʻektlari nishonga olindi.
▪️Bosqinchilar Livanning Xiam, Dayr al-Zahrani, Srifa va Tir
shaharlariga hujum qilishdi. Hujumlar boshlanganidan beri qurbonlar soni 3003
nafarga etdi.
▪️Malayziya bosh vaziri: Biz Isroilni BMTdan chiqarib yuborish rezolyutsiyasi ustida ishlayapmiz.