Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 392 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Jabaliya, Nuseyrat, Bayt Lahia va Xon Yunis lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 95 kishi halok boʻldi, ulardan 75 nafari Gʻazo shimolida.

▪️Bosqinchilar Nuseyrat lageridagi ikkita turar-joy binosini portlatib yubordi. 16 kishi halok boʻldi, 30 kishi, jumladan, bir felʻdsher va ikki jurnalist yaralandi.

▪️Kamol Advan kasalxonasiga yana hujum uyushtirildi. JSST tomonidan hadya qilingan yagona suv stantsiyasi va dori-darmonlar saqlanadigan xona vayron qilingan.

▪️Al-Qassam brigadalari Jabaliya lageri hududida Merkava tanki va bronetransportyorni yoʻq qildi.

▪️Iroq islomiy qarshilik kuchlari Umm al-Rashrash (ibron. Eylat)dagi harbiy nishonlarga 6 marta hujum qildi.

▪️ Hizbulloh” Isroilga qarshi 25 ta harbiy amaliyot oʻtkazdi. Ramim va Zarit kazarmalariga zarba berildi. Quruqlikdagi operatsiya boshlanganidan buyon 95 ofitser va askar halok boʻldi, 900 nafari yaralandi, 42 Merkava tanki yoʻq qilindi.

▪️Bu tunda bosqinchilar Bayrut va uning chekka hududlariga 14 marta zarba berishdi. Isroil tomonidan Livanni bombardimon qilish chogʻida 2865 kishi halok boʻldi, 13047 kishi yaralandi.

▪️Ishgʻol ommaviy axborot vositalari: Gʻazoda oʻq-dorilar yoʻqligi sababli tobora koʻproq askarlar halok boʻlmoqda.

▪️BMT: Isroil Gʻazodagi sogʻliqni saqlash tizimini yoʻq qilish uchun kelishilgan siyosat olib bormoqda, bu urush jinoyati hisoblanadi.

▪️Washington Post: Isroil Livan janubidagi barcha binolarning chorak qismini shikastladi yoki vayron qildi. Jumladan, 3 ming yillik tarixiy va diniy yodgorliklarni ham.

▪️AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton Michigan shtatida Kamala Xarris uchun saylovoldi tashviqoti mitingida soʻzga chiqib, Isroil tinch aholini oʻldirishga «majbur» ekanini aytdi.

 

Mavzuga aloqador