Bombalanayotgan Gʻazo: 389-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 389 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar
Rafah, Bayt-Laxiya va Jabaliya lageriga hujum qilishdi. Kun davomida 32 kishi halok
boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 43 020 kishi shahid boʻldi.
▪️Bosqinchilar
Jabaliya lageridagi YuNRVA maktabini yoqib yuborishdi. «Al-Faruxa» koʻchirilganlar
bilan. Avvalroq fashistlar tanklarda ushbu hududga kirgandi. 36 kishi halok boʻldi
va yaralandi.
▪️Gʻazo
shimolidagi ommaviy qirgʻin. Bugun tong saharda Isroil Bayt Lahiyadagi 5 qavatli
turar joy binosini portlatib yubordi. Vayronalar ostidan 65 kishining jasadi
topilgan, ulardan 17 nafari bolalardir. Oʻlganlar soni 100 kishiga etishi mumkin.
▪️Isroilga qarshi genotsid daʻʻvosini
qoʻzgʻatgan Janubiy Afrika Respublikasi Xalqaro sudga genotsid haqida yana 5 ming
sahifalik matn taqdim etdi.
▪️Evropa-Oʻrtaer
dengizi Inson huquqlari tashkiloti: Isroil bir oydan kamroq vaqt ichida Gʻazodagi
koʻchirilganlar yashayotgan 39 ta boshpanaga hujum qildi.
▪️Gʻazo
Sogʻliqni saqlash vazirligi: Gʻazo shimolidagi qamal 25 kundan beri davom etmoqda.
Bu vaqt ichida 1000 dan ortiq odam, asosan ayollar va bolalar halok boʻldi.
▪️Bosqinchilar
Livanda Bekaa vodiysi, Baalbek va Tir shahriga hujum uyushtirdi. 24 soat ichida 60
kishi vafot etdi.
▪️ “Hizbulloh”:
Livanda quruqlikdagi operatsiya boshlanganidan beri Isroilning 90 askari halok
boʻldi va 38 ta “Merkava” tanki yoʻq qilindi.
▪️Isroil
moliya vaziri Betsalel Smotrich soʻnggi vaqtlarda Isroil harbiylari orasida yoʻqotishlar
ortgani uchun jonli efirda yigʻladi.
▪️ “Hizbulloh”
bir kunda 30 ta harbiy amaliyot oʻtkazdi. Hayfa, Safad, Kiryat Shmona,
Margaliotdagi Stella Maris dengiz bazasiga zarbalar berildi, Zarait, Kesar va
Rosh Pinnada askarlar yoʻq qilindi.
▪️Husiylar
Arab dengizidagi SC Montreal va Maersk kowloon kemalariga, Qizil dengizdagi Motaro
kemasiga hujum qildi.
▪️Amerikalik yahudiy tadqiqotchisi Norman Finkelshteyn: Isroil askarlari faqat video oʻyinlar yordamida oʻldirishni biladilar, erdagi qoʻl jangida esa Livanda halokatli magʻlubiyatga uchradi.