28.10.2024 13:30
772
Bombalanayotgan Gʻazo: 388-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 388 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar
▪️Bosqinchilar Gʻazo markazi, Bayt-Lahia, Rafah, Jabaliya va Nusayrat lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 53 kishi halok boʻldi, ulardan 46 nafari anklav shimolida.
▪️
▪️Gʻazo fuqarolik mudofaasi: 22 kun davomida Gʻazoning shimoliy qismiga bir tomchi suv ham, non ham etib bormadi.
▪️Jabaliya lagerida Kassam brigadalari yana bir "Merkava-4" tankini yoʻq qildi.
▪️Gʻarbiy Sohilda falastinlik Rami Natur yuk mashinasini Mossad qarorgohi yaqinidagi avtobus bekatiga borib urdi. 1 dan 5 tagacha askar halok boʻldi, 50 tasi yaralandi.
▪️Bosqinchilar Gʻarbiy Sohildagi Xevron, Nablus, Vifleem shaharlarida 12 nafar falastinlikni hibsga oldi. Urush boshlanganidan buyon Gʻarbiy Sohilda qoʻlga olingan soni 11,5 ming nafardan oshdi.
▪️Tulkarmda qarshilik jangarilari bomba oʻrnatilgan mashinani askarlar tekshirayotganda portlatib yuborishdi. Jenin shahrida jangchilar bosib olgan piyoda askarlarga qarata oʻq uzdi.
▪️Hizbulloh bir kunda bosqinchilarga qarshi 29 ta harbiy amaliyot oʻtkazdi.
▪️Livanning Ayn-Baal shahrida bosqinchilar tibbiyot markazini portlatib yubordi. 3 nafar tez tibbiy yordam xodimi vafot etdi. Natsistlar hujumi boshlanganidan beri Livanda jami 167 shifokor halok boʻldi.
▪️Bugun Janubiy Afrika Xalqaro sudga Isroilning genotsid qilganiga oid yangi dalillarni taqdim etadi.