Bombalanayotgan Gʻazo: 385-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 385 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Xon Yunisning Jabaliya va Bayt Lahiya lagerlariga
hujum qilishdi. Boshidan beri 42 847 kishi shahid boʻldi.
▪️Gazo shimoli 21 kundan buyon qamal va ommaviy bombardimonlar ostida qolmoqda. Isroilning Jabaliya
lageridagi 13 ta turar-joy binosiga bergan zarbalari natijasida kamida 150 kishi halok
boʻldi va yaralandi.
▪️Bosqinchilar Gʻazo shimolidagi Kamal Advan kasalxonasini tanklardan oʻqqa
tutdi. Kasalxonaning asosiy kislorod stantsiyasi vayron boʻlib, bemor bolalar halok boʻldi. Yaradorlar
orasida shifokorlar va bemorlar ham bor.
▪️Gʻazo fuqarolik mudofaasi: ishgʻol koʻchirilganlar va mahalliy
aholi yashaydigan hududlarda halokatli
blokada yaratdi. Bayt Lahiya va Jabaliyada sodir boʻlayotgan voqealar falokatdir.
▪️Bosqinchilar Livanga 12 marta zarba berdi. Jumladan,
jurnalistlar boʻlgan
matbuot markaziga zarbalar
berildi. “Al-Mayadin” va “Al-Manar” telekanallarining 3 nafar jurnalisti
halok boʻldi.
▪️“Hizbulloh” Isroiga qarshi 27 ta harbiy
amaliyot oʻtkazdi. Zarbalar Safad, Hayfa, Kiryat Shmona, Akka shaharlaridagi harbiy
nishonlarga berilgan. Livan bilan chegaradagi bosqinchi kuchlar yoʻq qilindi. 4 “Merkava” tanki ishdan chiqarildi.
▪️48 soat ichida Iroq islomiy qarshilik kuchlari Umm al-Rashrash
(ibroniycha Eylat)dagi 15 ta harbiy obʻʻektga hujum qildi.
▪️BMT bosh
kotibi: Gʻazo shimolidagi gumanitar vaziyat bu dahshatli dahshat boshlanganidan beri
eng ogʻir holat.
▪️JSST direktori: Isroilning
Livandagi urushi 100 dan ortiq tibbiyot muassasalarining yopilishiga olib keldi, bu
mamlakatdagi umumiy muassasalar sonining uchdan bir qismini tashkil etadi.
▪️HAMAS Gʻazo shimolidagi qirgʻin
va etnik tozalashni qoralab, dunyo xalqlarini "Gʻazab jumasi" aktsiyasida
ishtirok etishga chaqirdi.
▪️Haaretz: Livan janubida “Hizbulloh” jangchilari er
osti tunnellaridan chiqib, askarlarimizga granatalar uloqtirishi natijasida 4
askarimiz halok boʻldi, 6 yaradorimiz bor. Keyinroq oʻlganlar soni 5 taga etgani
maʻʻlum qilindi.
▪️Isroil armiyasi oxirgi 24 soat
ichida eng kamida 36 askari yarador boʻlganini eʻʻlon qildi.