Bombalanayotgan Gʻazo: 384-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 384 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Rafah, Dayr al-Balah, Jabaliya va Burayj lagerlariga hujum
qildi. 24 soat ichida 42 kishi vafot etdi. Urush boshlanganidan buyon 42 792 kishi
shahid boʻldi.
▪️Gʻazo hukumati: Gʻazo shimolida fuqarolik mudofaasi ishlari
butunlay toʻxtadi - vaziyat halokatli darajada. Jabaliya lageridagi 20 kunlik qamalda 770 dan ortiq odam halok boʻldi, 1000 kishi
yaralandi.
▪️Al-Qassam brigadalari Jabaliyadagi ishgʻol qoʻmondonligi
qarorgohiga qarshi muvaffaqiyatli operatsiya oʻtkazdi. Shtab ichida boʻlganlar yoʻq
qilindi va yaralandi.
▪️“Hizbulloh” Tel-Avivdagi harbiy
zavodga zarba berdi,
shuningdek, Hayfa, Margaliot va Ramiyaga raketalarni uchirdi. Jami 28 ta “Merkava” tanki va 4 ta harbiy bulʻdozer yoʻq
qilindi. 70 dan ortiq bosqinchilar halok boʻldi, 600 nafari yaralandi.
▪️Isroil Livanda 17 marta zarba berdi, ularning aksariyati
Bekaa vodiysidagi suriyalik qochqinlar lagerlari va Bayrutdagi Al-Mayadeen mediaxoldingi ofisiga zarba berdi. 24
soat ichida 28 kishi vafot etdi. Halok boʻlganlar orasida uch Livan armiyasi askari
ham bor.
▪️Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi: Isroil bombardimonlari
natijasida halok boʻlganlar soni 2574 kishiga etdi, 12001 kishi jarohat oldi.
▪️Bu kecha bosqinchilar Suriyaning Damashq va Homs shaharlariga ham hujum qildi. 1 kishi
halok boʻldi, 7 kishi yaralandi.
▪️Isroil
armiyasi Livandagi toʻqnashuvlarda 3 askarining oʻlgani, 3 tasining yaralanganini
eʻʻlon qildi.
▪️Isteʻʻfodagi
Isroil generali Itsxak Brik: Quruqlikdagi kuchlarimiz juda kichik va bir nechta
frontda jang qila olmaydi. Hali HAMASni engishga ulgurgani yoʻq. Agar koʻp frontli
mintaqaviy urush boshlansa, Isroil armiyasi koʻplab quruqlikdagi frontlarda jang
qilishiga toʻgʻri keladi. Bu ham juda qiyin koʻrinmoqda.
▪️Al Jazeera jurnalisti Anas Sharif Isroil tomonidan
"qurolli guruhlar bilan aloqada boʻlish"da
ayblangan olti muxbir orasida.
▪️AQSh-Britaniya
jangovar samolyotlari Yamanning Hudayda aeroportini bombardimon qildi.