Bombalanayotgan Gʻazo: 383-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 383 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Rafah, Bayt Lahiya va Jabaliya lageriga hujum
qildi. Oxirgi 24 soat ichida 70 kishi halok boʻldi, ulardan 60 nafari Gʻazo
shimolida.
▪️Shimoliy Gʻazo qamalining 19-kuni. Bayt-Laxiyani tark etishga
muvaffaq boʻlgan guvohlar yoʻllar boʻylab yotgan tinch aholining koʻp sonli jasadlari
yotgani va erkaklar
ommaviy hibsga olingani haqida xabar berishdi.
▪️Bosqinchilar “Al-Auda”
kasalxonasini toʻliq toʻsib, barcha tirik mavjudotni oʻqqa tutdi.
▪️Gʻarbiy sohilda ishgʻolchilar Al-Xalil, Baytlahm, Qalqilya,
Quddus, Erixo, Nablusga hujum qildi. 11 yoshli bola oʻldirilgan, oʻnlab odamlar
hibsga olingan.
▪️Livan janubida “Hizbulloh” bilan soʻnggi 24 soat ichida sodir boʻlgan
toʻqnashuvlarda kamida 25 ta isroillik askar yaralandi. Shuningdek, bir qancha
qurbonlar bor.
▪️Al-Qassam brigadalari: Jabaliya sharqida “Merkava” tankini yoʻq qildik.
▪️Hizbulloh Al-Manar, Misgav Am va Kiryat Shmona shaharlarida
bosqinchi askarlarga hujumlar
uyushtirdi. Kun davomida 39 ta harbiy amaliyot oʻtkazildi.
▪️Husiylar
Yafadagi harbiy bazaga hujum qildi. Zarba «Palastin-2» gipertovushli raketasi
yordamida amalga oshirilgan.
▪️Iroq qarshilik kuchlari Umm er-Rashrashda (Eilat) muhim
nishonga uchuvchisiz havo vositalari bilan hujum qildi.
▪️Bosqinchilar Burj al-Barajna falastinlik qochqinlar lageriga
hujum qildi. Livandagi halok
boʻlganlar soni 2350 nafarga etdi.
▪️BMT bosh
kotibi Antoniu Guterrish BRIKS sammitida qatnashish uchun Qozonga keldi.