12.10.2024 13:25

Bombalanayotgan Gʻazo: 372-kunning asosiy voqealari


Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 372 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.


▪️Bosqinchilar Jabaliya lageri, Rafah va Xon Yunisga hujum qildi. Kun davomida 41 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 42126 kishi shahid boʻldi. 

▪️Bosqinchilar sakkizinchi kundirki Jabaliya lagerini qamalda ushlab turibdi, u erda fashistlar bir kunda 20 dan ortiq odamni oʻldirdi. Minglab odamlar garovga olinmoqda.

 ▪️Al-Qassam brigadalari Bayt-Laxiyadagi ishgʻolchilarning zirhli transportyorlarini yoʻq qildi, Rafahdagi ishgʻolchilar tunnelini portlatib yubordi, Sderotni oʻqqa tutdi.

 ▪️Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi: 24 soat ichida 60 kishi halok boʻldi, 168 kishi jarohat oldi. 

 ▪️Hizbulloh: Hayfadagi portlovchi moddalar zavodini portlatib, Xirbet Zaraitda piyoda askarlarga hujum qildik.

 ▪️Hizbulloh matbuot kotibi: Dushman qoʻshin va brigadalar jalb qilinganiga qaramay, oldinga oʻta olmayapti.

 ▪️Yaman husiylari havo hujumidan mudofaa tizimini engib, Tel-Avivga uchuvchisiz uchoqdan zarba berdi.

 ▪️Nikaragua Isroil hukumati fashist deya Tel-Aviv bilan diplomatik aloqalarini uzdi.